Kodon — genetik kodning muayyan (diskret) birligi. K. informatsion ribonuklein kislotaning bir qismi boʻlib, triplet harakteriga ega, yaʼni ketma-ket joylashgan uchta nukleotidlar toʻplamidan iborat. K. bitta aminokislota qoldigʻini, oqsil sintezining boshlanishi (insiatsiya K.i) yoki tamom boʻlishi (terminatsiya K.i)ni ifodalovchi belgi hisoblanadi. 64 ta K.dan 61 tasi aminokislotalarni, oqsil biosintezining boshlanishi va tugʻallanishini ifodalaydi. Bitta aminokislotaga bittadan (fenilalanin) oltitagacha (leysin) K. toʻgʻri keladi. Yonma-yon turgan K.lar bir-birini qoplamaydi, yaʼni birinchi K.ning oxirgi nukleotidi undan keyingi K.ning boshlangʻich nukleotidi boʻlolmaydi. K.lar universal harakterga ega, yaʼni barcha tirik organizmlar uchun umumiy boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil