Koersitimetr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koersitimetr - ferromagnit materiallarning koersitiv kuchini oʻlchaydigan qurilma. Materialning magnitlanganligi boʻyicha koersitiv kuchini oʻlchaydigan K. koʻp tarqalgan. Bunday K.ning ishi tekshirilayotgan material namunasining magnitlanganligiga (mas, magnitlovchi gʻaltakda), uning magnitsizlanishiga (gʻaltak opqali oʻzgarmas tok oʻtishi) va namunaning magnitlanganligi nolga teng boʻlgan holatini ferrozond (yoki boshqa asbob) yordamida aniqlanishga asoslangan. Namunaning magnitlanishi nolga teng boʻlgan holatga mos keluvchi gʻaltakdagi tokning qiymatiga qarab magnitsizlanayotgan maydon kuchlanganligi Ht, yaʼni koersitiv kuch aniqlanadi. 2-rasmda elektrodinamik K. sxemasi berilgan. Bunda oʻkda aylana oladigan ramka 2 li elektrodinamik sistema 1 indikator boʻladi. Manba,?dagi tok reostat 4 va milliampermetr 5 dan ramka 2 ga boradi. Manba 7 dagi tok esa reostat 8 va ampermetr 9 dan gʻaltak 6 orqali oʻtadi. Gʻaltakka joylashtirilgan namuna 6 gʻaltakning magnit maydoni taʼsirida magnitlanadi va gʻaltakdagi magnit maydoni nolga teng boʻlganda indikator namunadagi qoddiq magnitlanishni koʻrsatadi. Gʻaltakdagi magnit maydonining yoʻnalishini oʻzgartirib qoldiq magnitlanish yoʻqotiladi, bundagi magnit maydon kuchlanganligi Nk koersitiv kuch boʻladi. K. ferromagnit materiallardan tayyorlangan buyumlarning magnit tuzilishini tahlil qilishda, elektr va radioapparatlarning qismlarini magnit jihatdan nazorat qilishda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |