Kofirun surasi
Kofirun surasi (arabcha: سورة الكافرون, nomining maʼnosi — Kofirlar[8][9]) — Qurʼonning 109-surasi. Makkiy suralardan biri, 6 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 18-boʻlib nozil boʻlgan.
Kofirun surasi — سورة الكافرون | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Kofirlar[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 603[4] | ||||||||||||
Juz | 30 | ||||||||||||
Sura raqami | 109 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 6 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 1[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 27 | ||||||||||||
Harflar soni | 95 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 18[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Asosiy maʼnosi Tahrirlash
Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhis-salomni ham, sahobalarni ham bu Toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: „Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin“, deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhis-salomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.
Tarjimasi Tahrirlash
Alouddin Mansur tarjimasi Tahrirlash
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey Muhammad), ayting: „Ey kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!“
Abdulaziz Mansur tarjimasi Tahrirlash
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.[11]
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Kofirun surasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-13
Keyingisi: Nasr surasi | 109-sura — arabcha matni | Oldingisi: Kavsar surasi |