Kokil (frans. coquille — kovak, boʻshliq) — metall quymalar olishda ishlatiladigan metall qolip. Quymaning shakli oddiy yoki murakkabligiga qarab, K. 2 yoki undan ortiq qismdan iborat boʻladi. K. qismlari kokil mashinasiaa ochilib-yopiladi. Ajraladigan va ajralmaydigan xillari bor. Ajraladigan K. da vertikal, gorizontal va egri chizikdi ajraladigan sirtlari (pallalari) boʻladi. Ajralmaydigan K.dan quymalar qolipni silkitib chiqariladi. K.ning chidamliligini oshirish va quymaning sovishini sekinlashtirish uchun ish sirtiga maxsus boʻyoq surkaladi. K. bir necha yuzdan bir necha mingtagacha quyma olishga chidashi mumkin. Quymalarni seriyalab va koʻplab ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil