Kokklar
harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Ular sferasimon
Kokklar (yun. kokkos — don, sharcha) — harakatsiz sharsimon bakteriyalar. Ular sferasimon, ellipssimon, noʻxatsimon va boshqa koʻrinishlarda uchraydi. Diametri 0,5—4,0 mkm. Sporalar hosil qilmaydi. Hujayralarning boʻlinish soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashish tartibiga qarab quyidagi shaqllari farq qilinadi: mikrokokklar, diplokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar, stafilokokklar. Koʻpchilik K. grammusbat, ayrimlari grammanfiy. Tabiatda keng tarqalgan. Yashash sharoitiga koʻra, aerob yoki anaerob boʻladi. Tuprokda, suvda, havoda yashaydigan aksari K. (saprofitlar) odatdagi sharoitda zararsiz. Patogen turlari yalligʻlanish va yiringli kasalliklarni qoʻzgʻatadi.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |