Koksal bezlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koksal bezlar (glandulae coxales) — baʼzi oʻrgimchaksimonlarning boshkoʻkrak qismida joylashgan juft ayirish organi. Koksal bezlarning chiqarish nayi, odatda, birinchi jinsiy oyoqlar — kokslar (cohason), yaʼni 3-yoki 5-yurish oyoqlari asosiga ochiladi. Koksal bezlar nefrostoma, egri-bugri naylar yoki labirint va chiqarish nayidan iborat. Baʼzi oʻrgimchaksimonlar (salpugalar)da nefrostom bilan labirint oraligʻida baland epiteliyli uzun uchi berk bezli qopcha mavjud. Yirik oʻrgimchaksimonlarning Koksal bezlari reduksiyaga uchragan, pichanoʻrarlarda esa saqlanib qolgan. Oʻrgimchaksimsonlarning asosiy ayirish organi — malpigi naychalari evolyusiya jarayonida keyinroq paydo boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |