Kollektor-drenaj tarmogʻi

(Kollektor (inshoot)dan yoʻnaltirildi)

Kollektor-drenaj tarmogʻi — yerlarni botqoqlanishdan va shoʻr bosishdan saqlash hamda optimal suv-tuz rejimini taʼminlash maqsadida ortiqcha tuproq va grunt suvlarini yi-gʻib, melioratsiya qilinadigan maydondan chiqarib yuborish maqsadlarida quriladigan inshootlar majmui. Kollektor-drenaj tarmogʻit.ning katta qismini ochiq zovurlar tashkil qiladi. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo kollektorlarning umumiy oʻz. 28,2 ming km, 2,8 mln. ga dan ortiq sugʻoriladigan yerlar kollektordrenaj tarmoqlari bilan taʼminlangan (2001). K.-d.t.ni qurish Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Surxon-Sherobod dashtidagi yerlarni keng miqyosda oʻzlashtirish imkonini berdi.

K.-d.t.ning eng yirik tarmoqlari Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Fargʻona viloyatlarida, Turkmanistonda Qoraqum kanali zonasida, Tojikistonda Vaxsh vodiysi, Yovon vohasida qurilgan boʻlib, melioratsiyalanganga maydonga 25 dan 52 m gacha uzunlikda kollektor va zovur toʻgʻri keladi. K.-d.t. qurish agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda shoʻr yerlar melioratsiyasida, ekinlar hosildorligini va yalpi hosilini oshirishda muhim ahamiyatga ega (qarang Gorizontal drenaj).

Masharif Boqiyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil