Kollenxima (yunoncha: kolla — yelim va enchyma — toʻqima) — oʻsimlikning dastlabki mexaniq toʻqimalaridan biri. K., asosan, ikki pallali oʻsimliklarning oʻsayotgan poyalaridagi dastlabki poʻstlokda uchraydi. K. hujayralari tirik boʻlib, turgor holatiga chidamlidir. Ularning devori, asosan, sellyulozadan iborat. K., koʻpincha, modda toʻplovchi yoki oʻzlashtiruvchi vazifasini bajaradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil