Kolmataj

agroirrigatsion oqiziqlarning shagʻalli va qumli tuproq qatlamlari ustida toʻplanib qatlam hosil qilishi

Kolmataj (ital. colmata — toʻldirish) — agroirrigatsion oqiziqlarning shagʻalli va qumli tuproq qatlamlari ustida toʻplanib qatlam hosil qilishi. K. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy K. qorlarning erishi, kuchli yomgʻir va toshqinlardan keyin daryo suvlarida loyqa va oqiziqlar koʻpayganda yuz beradi. Sugʻoriladigan zonalarda loyqa va oqiziqlar suv bilan birga dalalarga oqib keladi va choʻkib, muayyan qalinlikda qatlam hosil qiladi. Oʻrta Osiyoda sunʼiy K. — loyqadan foydalanish qadimdan keng qoʻllangan. Pol olingan maydonlarga loyqa suvni koʻllatib quyib, loyqa choʻkkanidan keyin suvni chiqarib yuborish yoʻli bilan yer unumdorligi oshirilgan. Shuningdek, ariqva zovurlarni tozalashda chiqadigan oqiziqlar (loyqa), eski paxsa devorlar va boshqalarlardan oʻgʻit sifatida foydalanilgan. K. natijasida koʻpincha shagal va qumlar yuzasida yengil va oʻrta qumoqli yoki qumloqi tuproqlar hosil boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil