Kolokaziya (Colokasia) — kuchaladoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi yuraksimon yoki nayzasimon, yirik. Toʻpguli — soʻta. Mevasi — koʻp urugʻli rezavor-meva. Janubiy va sharqiy Osiyoda 8 turi bor. Taro turining 4 kg cha keladigan kartoshkasida 18—20% kraxmal, 0,5% qand, 3% dan ortiq oqsil bor. Shuninguchun koʻp subtropik mamlakatlarda oziq-ovqat va mol ozuqasi sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil