Kolonlar (lotincha coloni — dehqonlar) — 1) Qad. Rimda qaram aholi toifasi. Quldorlik xoʻjaligi inqiroziga uchragach, yirik yer egalari bilan yersiz va kam yerli dehqonlar oʻrtasida ishlab chiqarish munosabatlarining yangicha shakli —kolonat vujudga kelib, K. mehnatidan keng foydalanila boshlagan. K. ijaraga yer olib, ijara haqini dastlab pul bilan, soʻngra yetishtirilgan hosilning bir qismi shaklida toʻlaganlar, shuningdek, baʼzi natural majburiyatlarni oʻtashlari lozim boʻlgan; 2) ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada tobe dehqonlarning bir toifasi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil