Kolorimetriya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kolorimetriya (lot. color — rang va ... metriya) — ranglarni va ular orasidagi tafovutlarni oʻlchash va miqdoriy jihatdan ifodalash usullari. Mohiyati 3 asosiy rang (qizil, yashil va zangori ranglar) ning tanlangan tizimida ranglar koordinatalarini aniqlashdan iborat. Bunda tekshirilayotgan rangdan farq qilmaydigan rang tanlanadi. Ranglar kolorimetr asbobida oʻlchanadi. Ranglarni miqdoriy ifodalash usullari yorugʻlik texnikasida (yoritish asboblarini ishlab chiqish uchun), rangli kino, televideniye va boshqa sohalarda qoʻllanadi. Mashq qilaverish natijasida odam koʻzi 10 mingdan optiq, rang va tuslarni farqlashi mumkin. Koʻp rangli fotometriya usulida yulduzlarning ranglarini miqdoriy jihatdan oʻrganish yulduzlar K.si deb ataladi. Bunda aniqbir yulduzning fotosuratlari olinadi yoki fotoelektrik usulda turli yorugʻlik filtrlari orqali uning yorqinligi oʻlchanadi. Eritmalardagi moddalar konsentratsiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob kimyoviy K. deyiladi. Bu asbobni ishi boʻyalgan eritmalarning oʻzidan oʻtayotgan yorugʻlikni yutishiga asoslangan. U yorugʻlik filtrlari toʻplash bilan taʼminlanadi (qarang Ranglarni oʻlchash).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |