Kolrabi, Kolrabi karami (Brassica gongyloides L.) — ikki yillik sabzavot ekini, karamning bir turi. Birinchi yili poyameva beradi; ikkinchi yili esa gul novdalar chiqarib, gul va urugʻ hosil qiladi. 2 ta kenja turi: osiyo kenja turi (ssp.asiatica Lizg.) va gʻarbiy yevropa kenja turi (ssp.occidentali — europaea Lizg.) bor. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan. Poya — meva shakllanishida 7—8 chinbarg chiqaradi. Tubbargi kichkina. Bargi bandli, uchburchak yoki tuxumsimon. Diametri 10—15 sm yoʻgonlashgan, shakli sholgʻomni eslatadigan poya mevasi bilan qolgan barcha karamlardan ajralib turadi. Rangi och-koʻkimtir, binafsha yoki qizgʻish. Tuproq quruq, namlik kam boʻlsa poyamevasi mayda, dagʻal boʻladi. Ekin juda ertapishar, nihollar paydo boʻlganidan keyin 65—80 kundan soʻng hosil yigʻishtiriladi. Kechpishar navlarining oʻsuv davri 120—150 kun. Ertapishar navlarining hosildorligi 120—240 s/ga, kechpisharlariniki 500—600 s/ga. Oʻzbekistonda Oq Vena 1350 ertagi navi ekiladi. K.ning ekish muddati va parvarishlash texnologiyasi oddiy karamnikiga oʻxshash.

Adabiyot tahrir

  • Lebedeva A.T., Yershov I.I., Bunin M.S., Vash ogorod. Kolrabi, M., 1994.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil