Kolumbiya (inglizcha: Columbia River) — Shimoliy Amerikadagi daryo. Kanada va AQShning gʻarbiy qismida. Oʻz. 2250 km, havzasining maydoni 670 ming km². Kryali togʻlardan boshlanib, Tinch okeanga estuariy hosil qilib quyiladi. Irmoqlari: Sneyk, Klark-Fort va boshqa Kor va moʻzliklardan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 8470 m³/sek. Oʻrta va quyi oqimida yirik toʻgʻonlar, suv omborlari, GESlar qurilgan. Quyilish joyidan 450 km masofada kema katnaydi. Sugorish va suv taʼminotida, yogʻoch oqizishda foydalaniladi. Yuqori qismi (Kanada hududi)da milliy parklar tashkil etilgan, turizm rivojlangan. Yirik porti — Portlend. Daryo unga dastlab 1792-yilda kirib borgan Amerika kemasi "Kolumbiya" nomi bilan atalgan[1].

Kolumbiya
inglizcha: Columbia River

Tavsif
Uzunligi 2 000
Suv sarfi 7 500 m³/s
Joylashuvi
Davlat Kanada va AQSh
Kolumbiya (daryo)

Manbalar

tahrir
  1. "Kolumbiya daryo" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil