Kombaxsh (1667-1709) - boburiylardan boʻlgan shahzoda; Avrangzebning 5-oʻgʻli. Otasi K.ni Dekanga hokim etib tayinlagan. Avrangzeb vafoti (1707)dan soʻng aka-ukalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlangan. Taxtni egallagan Bahodirshoh I mamlakat jan.iga, K. ustiga yurish qilgan. 1709-yil 13-yanvarda Haydarobod yaqinida K. qoʻshinini tormor keltiradi, K. jangda yaralanib halok boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil