Komik

tinglovchilarni, birinchi navbatda, ularni kuldirish orqali ko'ngil ochishga intiladigan odam

Komik — hajviy rollar ijro etuvchi aktyor; sahna ampluasi. K. xalq maydon teatrida markaziy ijrochi hisoblanib, xalq yumori va teran fikrlarini tarqatib yuradi. Mubolagʻa ishla-tib qahramonini koʻproq kulgili qilib koʻrsatadi.

Uygʻonish davri teatrida, ayniqsa, U. Shekspir asarlari (mas, "Qirol Lir")da K. rollar (ijrochisi mashara deyiladigan) falsafiy va dramatik mazmun bilan boyitilgan. Klassitsizm K.ni tragediya (fojia) janridan chetlashtirdi. Lekin J. Molyerning asarlari (mas, "Skapen nayranglari")da xalqning aql-zakovatini ifodalovchi, xushchaqchaq qaxramonlar (Skapen va boshqalar) hukmron tabaqalarning kirdikorlarini satira, yumor elementlari orqali fosh qilganlar. Asta-sekin K.ning vazifa va vositalari oʻzgarib, boyib borgan. 19-asr teatrida ijtimoiy satira vazifasi va ayni vaqtda ilgʻor dramadagi insonparvarlik tendensiyalarni ochib berish K. zimmasiga yuklatilgan. Ayniqsa, 20-asrda K. sanʼati mazmunan boyib, qayotiylik, chuqur psixologik ijro bilan bir qatorda xalq teatri anʼanalari asosida boyib bordi.

K. ampluasi oʻzbek anʼanaviy teatri (masharabozlik, qiziqchilik, qoʻgʻirchoqbozlik) tomoshalarida qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻzbek aktyorlik sanʼati hajv va hazil yoʻnalishida rivojlangan. Zokir eshon, Komilqori qiziq, Toʻla mashara, Normat qiziq, Matxolik qiziq, Mizrob mashara, Oxunjon qiziq, Yusufjon qiziq kabi yirik K. aktyorlar ijod qilganlar. Keyinchalik M.Mirokilov, H.Islomov, R.Pirmuhamedov, S.Xoʻjayev, Gʻ.Aʼzamov va boshqa xalq masharabozlik sanʼati tajribalariga suyangan holda oʻz ijro uslublarini yaratganlar. Hozirgi kunda ularning anʼanalarini ʼ B.Ixtiyorov, E.Karimov, H.Tojiboyev, O.Asomov, M.Xolmedov, B.Muhammadxujayev qabilar davom ettirmoqdalar.

Ad. : K, o d i r o v M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.

Muhsin Qodirov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil