Aliyev Komil Ma’rufovich (1905.25.7-1939.10.9) - jurnalist, oʻzbek matbuotida feletonchilik asoschila-ridan biri. Faoliyatini "Turkiston" ("Qizil Oʻzbekiston") gaz.da (1924-yildan) boshlab, turli vazifalarni (muxbir, boʻlim mudiri, mas’ul kotib) bajargan. 1925—27 yillarda "Ozod Buxoro", 1936—37 yillarda "Ilgʻor Surxon uchun" viloyat gaz.larida ishlagan. A. asosan feleton-chilik bilan shugʻullangan. U feletonlari-ni "Kakra", "Nor yigit" taxalluslari bilan yozgan. Feleton, tanqidiy maqola va reportajlardan iborat "Bomba" va "Davr dushmanlari" (1932) toʻplamlari chop etilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil