Komiljon Abdurashidov (1937, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutining filol. fakultetini tugatgan (1967). Mehnat faoliyati 1956-yildan boshlangan. Paxtaobod tumanidagi 25-maktabda oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari, direktor. 1973-yildan Oltinkoʻl tumanidagi 22-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. A. darslarni koʻrgazmali qurollar, texnik vositalar yordamida tashkil etgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil