Komissiya (lotincha: commissio — topshiriq) — 1) kollegial organ, biron-bir vazifani bajarish (saylov komissiyasi, hisob komissiyasi, taftish komissiyasi) yoki maxsus tadbirlar oʻtkazish uchun tuziladi; 2) Fuqarolik huquqida — shartnoma; unga koʻra, bir tomon (komissioner) 2-tomon (komitent)ning topshirigʻiga binoan muayyan haq evaziga oʻz nomidan, lekin komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs bilan bitim tuzadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil