Bosh menuni ochish

Komninlar — Vizantiya imperatorlari sulolasi (1081 — 1185). Asoschisi Aleksey I hisoblansada, aslida sulolani imperator Isaak Komnin (1057—59) boshlab bergan. K. nomi tarixda 1-marotaba imperator Vasiliy II davri (976— 1025)da tilga olinadi. K.ning 1-vakillaridan boʻlgan Manuil, Vasiliy II ning yaqin kishisi boʻlgan. Manuilning 2 oʻgʻli boʻlib, ulardan Isaak Komnin saljuqiylarga qarshi kurashda katta shuhrat qozongan edi. 1057 yilda muxolif kuchlar tazyiqi ostida monax (rohib)likni ixtiyor qilgan. Isaak Komnin taxtni ukasi emas, balki oʻzining jangovar safdoshi boʻlgan Konstantin Dukaga topshirishga majbur boʻldi. K. vakili Aleksey 1 1081 yilda sulola hukmronligini harbiy toʻntarish yoʻli bilan qayta tikladi. Andronik I (1183—85) davrida imperiya yagona davlat sifatidagi qudratini yoʻqotdi. Andronik I avlodlari "Buyuk komninlar" degan unvon bilan Trapezund imperiyasida hukmronlik qilganlar (1204—1461). K. markaziy hokimiyatni mustahkamlab, imperiya hududini kengaytirgan; davlatni idora qilishda yer egalari va harbiy zodagonlarga tayangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Komninlar" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil