Komparator (lotincha: compare — taqqoslayman) — 1) fizik kattaliklarning oʻlchamlarini mos etalon (namuna) oʻlchamlariga solishtirib aniqlaydigan oʻlchash asbobi (teng yelkali tarozilar, elektr-oʻlchash potensiometrlari va boshqa taqqoslash asboblari); nazorat-oʻlchash vositalaridan biri. Mexaniq (yelkali tarozilar), elektr (oʻlchash koʻprigi), optik (optimetr), interferension (interferometr), stereoskopik va boshqa turlari bor. K. yordamida uzunlik, burchak, massa, bosim, tok kuchi va boshqa oʻlchanadi. Haritalar tuzish ishlarida stereokomparatorlar qoʻllanadi. 2) astronomiyada — spektrlar va astrofotogʻrafiyalarni taqqoslash uchun spektrokomparator va blink-komparatorlardan foydalaniladi. K. yordamida yulduzlarning nuriy tezligi, osmon yoritqichlarining oʻzgarishlari, osmondagi bir obʼyektning ikkinchisiga nisbatan oʻzgarishi aniqlanadi va hokazo[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil