Kompleks oʻgʻitlar
Kompleks oʻgʻitlar – tarkibida oʻsimliklar hayot faoliyati uchun zarur bir necha asosiy oziq moddalari boʻlgan organik va mineral oʻgʻitlar. Organik Kompleks oʻgʻitlarga uy hayvonlari goʻngi, qushlar goʻngi, siderat oʻsimliklarning yashil massasi (koʻkat oʻgʻit), turli xil kompostlar kiradi. Tarkibidagi asosiy oziq moddalariga koʻra, mineral K.oʻ. ikki elementli (fosforkaliyli, azot-fosforli, azot-kaliyli) va uch elementli (azot-fosfor-kaliyli) boʻladi. Olinish usuliga koʻra, murakkab oʻgʻitlar, murakkab aralash oʻgʻitlar va aralash oʻgʻitlarga boʻlinadi. Koʻpgina K.oʻ. tarkibida mikroelementlar boʻladi yoki ularga bu elementlar qoʻshiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |