Komplement (lot. complementum — toʻldiruvchi, qoʻshimcha) — odam va barcha umurtqali xayvonlar qonidagi oʻzaro taʼsirlashuvchi termolabil oqsil va glikoproteinlar majmui; tabiiy immunitetnmng muhim omili. Bu oqsillar yalligʻlanish jarayonlarida ishtirok etib, organizm uchun yot hujayra va mikroorganizmlarni parchalashda (lizis) katnashadi. K. terminini fanga P. Erlix kiritgan, lekin ungacha J. Borde kon zardobidagi bakteritsid taʼsir etuvchi moddani alleksin (lot. alexina — mikroorganizmlardan himoya qiluvchi tanachalar) deb atagan. K. tartibi 20 ta makromolekulalardan tuzilgan, lekin bu sistemaning asosiy qismi 11 ta oqsildan iborat boʻlib, qolganlari kuchaytiruvchi va susaytiruvchi fermentlardir.

K. — yalliglanish reaksiyasining asosiy gumoral komponenti boʻlib, uning mahsulotlari xemotoksin va anafilatoksinlar fagotsitoz, almashinuv jarayonlari va krnning ivishiga taʼsir koʻrsatadi. Shu bilan birga K. tartibida immun javobni nazorat qiluvchi muhim omillar qam bor.

K. tartibining faollashishida klassik va alternativ yoʻl farqlanadi. Klassik yoʻlda antitelo mikroorganizm yoki hujayra antigeniga birikib, konformatsiyasini oʻzgartirganidan soʻng, unga komplementning birinchi komponenti (S1) qoʻshiladi. K. ning faollashishida IgM va IgG sinf antitelolardan tuzilgan immun birikmalar katnashadi. Hosil boʻlgan immun kompleks+komplementning S1 komponentiga S4, S2, SZ, S5, S6, S7, S8 va S9 komplementning komponentlari ketmaket birikib, membranani buzuvchi kompleks hosil qiladi.

Komplementning alternativ yoʻl bilan faollashishi uchun bakteriyalar hujayra devoridagi polisaharid va lipopolisaharid (LPS), viruslarning ustki qismi antigenlari, IgA va IgE dan tuzilgan immun birikmalar, ulardan tashqari properdin, V va D omillar kabi zardob oqsillari boʻlishi zarur. Sanab oʻtilgan omillar birikkandan soʻngularga komplementning SZ, keyin S5, S6, S7, S8, S9 komponentlari ketma-ket birikadi. Hosil boʻlgan membranani buzuvchi kompleks membrana butunligini buzishi hisobiga hujayra halok boʻladi. K.larning koʻp qismini monotsit va makrofaglar sintez qiladi. Ularning 90% jigarda ishlab chiqariladi. Qonning bakteritsidlik xossasi qisman K. tufaylidir. K. preparatlaridan antigen-antitelo komplekslarini aniqlashda (mas, baʼzi infeksion kasalliklarga tashhis qoʻyishda) foydalaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil