Kompost (nemischa: Kompost, italyancha: composta, lotincha: compositus — „tarkibli“) — har xil organik moddalarning mikroorganizmlar taʼsirida chirishi natijasida hosil boʻladigan mahalliy oʻgʻit. Kompostlashda oʻsimlik oʻzlashtira oladigan oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy va boshqa) miqdori ortadi, patogen mikroflora va gelmintlar tuxumi oʻladi, sellyuloza va pektin moddalar miqdori kamayadi, organik massa tuproqqa solish uchun qulay fizik xossaga ega boʻladi. Gune (torf, parranda axlati, xazon), nishxoʻrd, roʻzgʻor chiqindilari, najas, qipiq, oqar suv loyqalari kompostlashning asosiy materialidir. Kompostlashning davomiyligi chiqindilarning tarkibi, namlik, yil fasli va boshqa sharoitlarga bogʻliq. Kompost uyumi qizishdan toʻxtab, unda bir xildagi oʻzgarmas harorat qaror topganidan keyin tayyor qisoblanadi. Chiqindi xuddi goʻng kabi chuqurlarga bosib yoki uyum qilib tayyorlanadi. Kompost uyumi tuproq bilan koʻmiladi. Chirish jarayoni chiqindida organik modda (miqdori 25 %dan kam boʻlmaganda), namlik (50—55 %) yetarli boʻlganda yaxshi kechadi. Yoz oylarida kompost massa-siga suv sepib turiladi. Chiqindi massasidan 50 % kompost chiqadi. Chiqindidan hosil boʻlgan kompost tarkibida oʻrta hisobda 30—50 % organik modda, 0,6—1,0 % azot, 0,4—1,0 % fosfor, 0,5—1 % kaliy boʻladi. Chiqindidan kompost tayyorlashda unga oqar suv loyiqasi yoki najas qoʻshib, sifatini anchagina yaxshilash mumkin. Baʼzi hollarda tarkibini yaxshilash uchun kompostga fosforit uni, kaliy toʻzlari qoʻshiladi. Kompost oʻgʻit sifatida organik oʻgʻitlardan qolishmaydi va barcha qishloq xoʻjaligi ekinlariga (gektariga 20— 40 t) ishlatiladi [1].

Kompostning tayyorlanishi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir