Telegram messenjerida kompromatuzb nomi ostida kanal ochib, davlat tashkilotlari haqida kompromat materiallar berib borgan kanal adminlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq jarayon[1].

Tarixi

tahrir

2020-yil 12-avgust kuni Kompromatuzb Telegram-kanalida „Olim Choraqulovich, videoda ko`rib turganingiz joy mabodod tanish emasmi?!“ sarlavhasi ostidagi video e'lon qilingan. Video Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlogʻi 24-dala konturida olingan[2].

Jinoyat ishi

tahrir

2023-yil yanvar oyida human.uz internet nashri bosh muharriri Xurshid Daliyev Oʻzbekiston DXX tomonidan qamoqqa olingani haqida xabar berildi[3]. Unga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi „v“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum qilingan[4]. Ayni shu vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevaning gʻoyib boʻlganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar paydo boʻla boshladi[5]. Keyinchalik, Mavjuda Mirzayeva ham kompromatuzb ishi doirasida tergovga jalb qilingani haqida maʼlumot berildi[5].

Manbalar

tahrir