Konduktor
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konduktor (lotincha: conductor — kuzatuvchi) —1) poyezdlar, avtobus, tramvay va boshqalarda kuzatib boruvchi, bilet sotuvchi transport xodimi; 2) kesuvchi asbobni ishlov beriladigan detalga nisbatan yoʻnaltiruvchi parmalash va boshqa stanoklarida qoʻllaniladigan moslama. Ishlov beriladigan tyoshiklarning rejasiz oʻzaro aniq joylashishini taʼminlaydi; 3) yigʻma konstruksiyalarni vaqtinchalik mahkamlab, ularning holatini nazorat qiladigan qurilma; 4) yigʻiladigan yoki payvandlanadigan buyum detallarini kerakli vaziyatda toʻtib turadigan qurilma; 5) elektr zaryadlari yigʻiladigan metall shar, umuman har qanday elektr oʻtkazgichlar; 6.) konchilikda burgʻilanayotgan quduqlarga qoʻyiladigan trubalar, ular quduqning toʻgʻri yoʻnalishi va yuqori qismini suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi; 7) chor Rossiyasi flotidagi katta unterofitser mansabi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |