Koʻnka
(Konkadan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koʻnka, k o n k a (ruscha kon — ot) — Toshkentda 20-asr boshida paydo boʻlgan shahar transporta turi; vagonni otlar tor iz boʻylab harakatlantirgani tufayli shu nomni olgan (loyiha muallifi E. Deni, 1882-yil). K. qurilish ishlari 1896-yil Belgiyaning "Toshkent tramvayi" anonim jamiyati tomonidan boshlangan. 1901-yil K.ning 1-yoʻli ishga tushirilgan; u temir yoʻl vokzalini Eski shahar bozori bilan bogʻlagan. Keyinchalik yoʻllar soni ortgan. 1913-yil ga kelib, K. yoʻllarining umumiy oʻz. 9,5 km, vagonlar soni 30 ta, otlar soni 230 taga yetgan. Shaharda tramvay qatnay boshlagach (1913), K. ga hojat krlmagan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |