Konkretsiyalar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konkretsiyalar (lotincha concretio -qoʻshilib ketish, oʻsish, quyuqlanish) — kimyoviy tarkibi va shakliga koʻra, oʻzi joylashgan jinsdan farqlanuvchi va diagenezda yuzaga keluvchi choʻkindi togʻ jinslaridagi yoki hozirgi choʻkindilardagi dumaloq shaklli mineral hosilalar. K. bir yoki turli minerallar agregatlaridan iborat boʻlib, diametri bir necha mm dan oʻnlab sm gacha yetadi. K., asosan, fosforit, pirit, markazit, baʼzan siderit, barit kabi minerallardan tashkil topadi. Organik qoldiqlar atrofida tarqoq mineral moddalarning toʻplanishidan hosil boʻladi. K. turli geologik davr qatlamlarida va hozirgi zamon okean choʻkindilarida ruda toʻplamlarini shakllantiruvchi temir va marganets oksidlari K. keng tarqalgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |