Konnemara poniIrlandiya poni zoti, poni zotlari ichida eng balandi[1].

Konnemara poni

Ushbu ponilarning rangi kulrang, sargʻish (ikkita asosiy rang), dafna, qora, jigarrang, qizil, palomino va roan boʻlishi mumkin. Konnemara ponilarining balandligi 1,32-1,44 m. Ponilar chidamli, xushmuomala va muvozanatli boʻladi. Sakrashga, yugurishga va chaqqonlikka qodir. Ushbu poni Irlandiyaning yagona milliy zoti sifatida qaraladi[1][2]. Ular taxminan 5 yoshda toʻliq yetuklikka erishadilar va 30 yilgacha yashashlari mumkin[1].

Afsonaga[1][3] bu zot 1588-yilda Konnemara yaqinida halokatga uchragan Ispaniyaning yengilmas Armada kemalarida tashilgan otlar va togʻlarda yashovchi yovvoyi ponilarning mahalliy zoti aralashmasidan kelib chiqqan. XVIII asrda bunga oz miqdorda zotli chavandozlar otlari va arab zotlari qoʻshilgan[1]. 1923-yilda Klifdenda Konnemara Poni yetishtiruvchilar jamiyati[1][2] tashkil etildi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Пони“ (ru). 2011-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-dekabr.
  2. 2,0 2,1 American Connemara Pony Society. „What is a Connemara Pony?“ (en). 2011-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-dekabr.
  3. Эйлис Диллон. Лошадиный остров. M.: Детская литература, 1978. 

Havolalar

tahrir