Konov Sergey Pavlovich (1948-yil 28-fevral, Toshkent) – sovet suzuvchisi, rossiyalik murabbiy. 1968-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 1970-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori.

Konov Sergey Pavlovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 28-fevral 1948-yil (1948-02-28) (76 yosh)
Oʻzbekiston SSR, Toshkent
Boʻyi 187 sm
Vazni 85 kg
Sport
Qaysi sport suzish
Klubi

Mehnat (Toshkent)

SKA (Toshkent)

Zenit (Toshkent)
Murabbiy(lar)i A. Shvartsman

Hayoti tahrir

Konov Sergey Pavlovich 1948-yil 28-fevralda Toshkentda tugʻilgan.

U „Toshkent mehnat“, „SKA“, „Zenit“ jamoalari safida suzish musobaqalarida qatnashgan. Konov Sergey Pavlovich A.Shvartsman qoʻl ostida shugʻullanib yurgan.

1968-yilda u Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida SSSR terma jamoasi safida ishtirok etgan. 100 metr masofaga batterflyay usulida chorak finalda 1 daqiqa 0,8 soniya natija koʻrsatgan. Final bahslarida yarim finalga 3-oʻrinda chiqqan kanadalik Ron Jacks bilan 3-chi oʻrin uchun kurashda yutqazib qoʻygan va 4-oʻrin bilan kifoyalangan[1]. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzishda esa 2,13,1 soniyalik natija qayd etgan va yarim finalda 4-oʻrinni egallagan. Finalga eng past natija bilan chiqqan shvetsiyalik sportchi Peter Feyl Konov Sergey Pavlovichdan 1,2 soniya oldinroq natija qayd etgan[2].

Konov Sergey Pavlovich 1970-yilda u Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha Yevropa chempionatida 4x100 metrga aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. oʻsha vaqtda SSSR terma jamoasida Viktor Krasko, Nikolay Pankin, Vladimir Nemshilov va Leonid Ilyichev ham bor boʻlgan. Konov esa final bahsida ishtirok etmagan[3].

Konov Sergey Pavlovich 1975-yilda suzishda faoliyatini toʻxtatgan. U fan va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanib fan nomzodi, dotsent, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti suzish kafedrasi mudiri boʻlgan.

2001-yil yanvar oyidan 2008-yil avgust oyigacha Aleksey Karpov bilan birgalikda suzish boʻyicha Rossiya yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Konov Sergey Pavlovich hozirgi vaqtda Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida yashaydi.

Manbalar tahrir

  1. „Olympedia – 100 metres Butterfly, Men“. www.olympedia.org. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  2. „Olympedia – 200 metres Butterfly, Men“. www.olympedia.org. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  3. „Olympedia – Sergey Konov“. www.olympedia.org. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.