Konovalov reaksiyasi - alifatik va alitsiklik, shuningdek, yogʻaromatik birikmalardagi vodorod atomini suyultirilgan nitrat kislota bilan nitrolab nitroguruhga almashtirish reaksiyasi (suyuq fazali nitrolash):RH+HNO3 -> RNO2+ H2OBunda R — alkil, sikloalkil, arilalkil.

Konovalov reaksiyasi normal yoki yuqori bosim ostida amalga oshiriladi. Reaksiya tezligi va nitrobirikmalar hosil boʻlishi temperaturaga, nitrat kislota konsentratsiyasiga hamda boshlangʻich birikmaning tuzilishiga bogʻliq. Agar almashinish assimmetrik uglerod atomida roʻy bersa, optik faol nitrobirikmalar hosil boʻladi. Uchlamchi uglerod atomidagi vodorod juda oson, ikkilamchi uglerod atomidagi vodorod qiyinroq, birlamchi uglerod atomidagi vodorod juda qiyin almashinadi. Tarkibida uchlamchi uglerod atomi boʻlgan alitsiklik uglevodorodlar 9—10%li, almashinganlari esa 20% li NHO3 bilan nitrolanadi. Yogʻ-aromatik uglevodorodlarni nitrolash jarayoni a — holatdagi yon zanjirda kechib, reaksiya pirovar-dida, asosan, mononitrobirikmalar hosil boʻladi. Konovalov reaksiyasi sanoatda nitroalkanlar va sikloalkanlar olishda, shuningdek, lab. amaliyotida uglevodorodlarning tuzilishini aniqlashda qoʻlla-niladi. Reaksiyani 1888-yilda M. I. Konovalov kashf etgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil