Konsedimentatsion burmalanish
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Konsedimentatsion burmalanish (lot. con — birga, bir vaqtda va sedimentum — choʻkish) — choʻkindi jinslarning hosil boʻlish va toʻplanish jarayonlari bilan birgalikda kechadigan tektonik harakat. Konsedimentatsion burmalanish terminini geologiyaga birinchi marta rossiyalik geolog S. S. Shuls kiritgan (1948). Konsedimentatsion burmalanishda choʻkindi jinslarning katlamlanish qalinligi koʻp yoki oz tarqalgani ularning burmalanishiga bogʻliq. Choʻkindi jinslarining paydo boʻlishidan keyin sodir boʻladigan burmalanish postsedimentatsion burmalanish deb ataladi. Odatda, antiklinal burma yadrosida kanotlaridagiga nisbatan bir xil yoshdagi yotqiziqlar qalinligining koʻrinishi va koʻpincha litologik tarkibining oʻzgachaligi bilan ifodalangan. Uzlukli burmalanish obl.larda keng rivojlangan. Choʻkindi jinslarni oʻrganishda Konsedimentatsion burmalanishning ahamiyati katta.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |