Konsorsiya (lotincha concortium — jamoa) — avtotrof va geterotrof organizmlarni topik va trofik (oziq) bogʻlanish asosida birlashtiradigan biotsenozning strukturaviy birligi. Alohida olingan daraxt (daraxtlar guruhi) K.ga misol boʻladi. Edifikator (biotsenozda asosiy oʻrin tutadigan turlar) — oʻsimliklar bilan fitofaglar va ularning parazitlari, mikoriza zamburugʻlari, epifitlar va in quruvchi qushlar oʻzaro bogʻlangan. K. haqidagi tushunchalar 20-asrning 50-yillari boshlarida rus olimlari V.N.Beklemishev va L.G.Ramenskiylar tomonidan shakllantirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil