Konsoy polimetall koni -Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi Gʻarbiy Qoramozor tizmasining Okurdevon togʻida joylashgan kon. Xoʻjand temir yoʻl stansiyasidan 49 km shim.-sharkda. Konsoy polimetall konik. mashhur Konsoy skarnli polimetall rudali maydonidagi konlar turkumiga kiradi. Korolyovo, Konsoy, Qizilqum, Darboza, Okurdevon, Shevchukov va boshqa polimetall konlaridan iborat. 1925-yildan muntazam geologik qidiruv tadqiqot ishlari boshlandi. 1933-yildan boshlab Konsoy polimetall konik.dan ruda qazib olinmokda. Konsoy polimetall konik. va granitoid intruziv massiv bilan karbonat qatlamlari orasida vujudga kelgan skarn hosil boʻlish jarayonlari bevosita bogʻliqdir. Rudalarning (skarnli galenit-sfalerit pirit tarkibi) asosiy qismi ohaktoshlar orasida tashkil topgan.

Yuqori paleozoy davrida yuz bergan tektonik harakatlar tufayli Konsoy polimetall konik.da bir necha (Okurdevon, Darboza) darzliklari paydo boʻlgan. Kondagi rudalar shu darzliklar va ularning shim.-sharqiy hamda shim.-gʻarbiy tarmoqlarida 600 m chuqurliqda joylashgan. Rudalar tarkibiga koʻra, skarn-magnetitli, kumusholtinli va skarn-galenit-sfaleritli turlarga boʻlinadi. Shu paytgacha faqat oxirgi turdagi rudalar qazib olinmokda. Ular Konsoy polimetall kombinatiga qayta ishlash uchun joʻnatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil