Konstansa — Ruminiyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Konstansa judetsining maʼmuriy markazi. Atrofidagi kurort rayonlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Mamlakatning Qora dengiz sohilidagi muhim porti (yuk ortib-tushirish yiliga 15 mln. t). Konstansa va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 342,2 ming kishi (1998). Mashinasozlik, xususan, kemasozlik — yetakchi sanoat tarmogʻi. Konstansa — jun sanoatining yirik markazlaridan. Oziqovqat, tikuvchilik, qurilish materiallari, sellyuloza-qogʻoz, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlash bazasi. Arxeologiya va badiiy muzeylar, teatr bor. Xalqaro ahamiyatdagi kurort shahar. Konstansa oʻrnida miloddan avvalgi 6-asrgacha yunonlar polney boʻlgan, 1878-yildan Ruminiya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan antik davrga xos turar joy, bazilika qoldiqdari (5—6-asrlar), masjidlar saqlangan.[1]