Konstantan (lot. constantis — doimiy) — asosi misdan iborat boʻlgan qotishma (40—45% nikel, 1—2% marganets, qolgani mis). Elektr qarshiligi temperatura oʻzgarishiga qaramay yuqori boʻladi. Korroziyaga chidamli. K.., asosan, reostatlar, oʻlchash asboblari, termoparalarning qizdirish elementlari tayyorlashda ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil