Konstantin Pavlyuchenko (ruscha: Константин Владимирович Павлюченко1971-yil 1-yanvar) — sobiq sovet futbolchisi (yarim himoyachi). Hozirgi vaqtda murabbiy

Pavlyuchenko Konstantin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavlyuchenko Konstantin Vlodimirovich
Tavallud sanasi 1-noyabr 1971-yil (1971-11-01) (52 yosh)
Tavallud joyi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Boʻyi 176
Ampluasi Yarim himoyachi

Jamoadagi faoliyati tahrir

Qozog‘iston Respublika sport maktab-internati tarbiyalanuvchisi (Olmaota). U 1989-yildan havaskor jamoalarida oʻynay boshlagan. Birinchi jamoadagi „Kimyogar“ jamosi (Jambul).

1990-yil avgust oyida u Qayrat (Olmaota) jamoasiga oʻtdi. 1992-yil 5-aprelda „Niva“ (Ternopol) tarkibida „Naftovik“ga (Oxtirka) qarshi uchrashuvda (0:0) Oliy ligada debyut qildi. U 1992-yil 16-aprelda Ukraina Premer-ligasi 9-turida „Odessa“ jamoasiga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinning 31-daqiqasida „Ternopol“ jamoasidagi debyut golini kiritdi. Usha oʻyinda Konstantin asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuv oxirigacha maydonda harakat qildi[1]. „Niva“ jamosida safida u 13 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 1992-yilning yozida u Dneprga koʻchib oʻtdi. 1994-yil boshida u Rossiyaga joʻnab ketdi va u yerda Lada va Tekstilnyk jamoalarining sharafini himoya qildi. 1997-yil boshida u Ukrainaga qaytib keldi va u yerda Krivoy Rogning „Krivbas“ jamosining futbolchisiga aylandi. 1998-yilda Oʻzbekistoning Navbahor (Namangan) jamoasiga qoʻshildi va bir mavsudan keyin Ukrainaga qaytib ketdi. Keyin u „Metallurg“ (Novomoskovsk), „Mikolaiv“, „Olimpiya FK AES“, „Elektrometalurg“ va „Zorya“ jamoalarida oʻynadi. 2004-yilning yozida u „Elektrometalurga-NZF“ jamoasida professional futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi.

2007-yildan 2008-yilgacha u Ukrainaning havaskorlar chempionati jamoalari tarkibida oʻynagan: „Horizon“, „Ilana-Ratibor“ va „Mir“ (Gornostaivka).

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Qozog‘iston milliy terma jamoasining safidagi yagona[2] o‘yini 1992-yil 14-oktabrda Toshkentdagi Paxtakor stadionida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan (1:1)[3].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Dnepro-75 oʻrta maktabida (Dnepropetrovsk), keyin Dnepropetrovsk akademiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. Dnepr U-15 terma jamoasini murabbiyisi hisoblanadi[4].

Yutuqlari tahrir

„Dnepr“ (Dnepropetrovsk)
„Lada“ (Togliatti)

Manbalar tahrir

  1. „«Нива» (Тернопіль) — СК «Одеса» (Одеса)“. 1 квітня 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31 березня 2017.
  2. „Всі футболісти, що грали за збірну Казахстану (1992-2013)“. Казахстанський ФУТБОЛ. 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-mart.
  3. „Матчі національної збірної Казахстану 1992 рік“. Офіційний сайт ФФ Казахстану. 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-mart.
  4. „Академія » Тренери“. Офіційний сайт ФК «Дніпро». 2014-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-mart.

Havolalar tahrir

  • Pavlyuchenko Kostyantin Volodimirovich na saytі PlaymakerStats.com (angl.)
  • Statistika vistupіv gravsya na saytі allplayers.in.ua
  • Profіl futbolіsta na saytі FootballFacts.ru (ros.)
  • Profіl gravsya na saytі „Іstorіya ta statistika ukraїnskogo futbolu“