Konstantin Rauchverger (1953-yil 4-mayda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik professional sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Konstantin Rauchverger
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Rauchverger
Tavallud sanasi 4-may 1953-yil (1953-05-04) (71 yosh)
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977—1980 Zarafshon 127 (0)
1982—1983 Shaxta Estoniya KFK
1983—1986 Sport Tallin 101 (1)
1985   Zvezda Tallin KFK
1992—1993 Nikol 19 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Konstantinning Sovet davridagi oʻyinlari haqida toʻliq maʼlumot yoʻq. 1977—1980-yillarda SSSR ikkinchi ligasida ishtirok etgan Navoiyning „Zarafshon“ jamoasi safida toʻp surgan. Zarafshonliklar safida 127 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1982-yilgi mavsumda yarim professional va havaskorlar oʻrtasidagi Estoniya SSR chempionati ishtirokchisi „Estoniya Mine“ (Kohtla-Jarve) jamoasida oʻynagan va turnirning kumush medali sovrindori boʻlgan. 1983-yil Rauchverger yangi tashkil etilgan ShVSM ustalar jamoasi safiga oʻtgan. ShVSM klubi keyinchalik „Sport“ (Tallin) nomiga oʻzgartirilgan. Konstantin keyingi toʻrt mavsum davomida SSSR ikkinchi ligasida 101 ta oʻyin oʻtkazgan.

1992—1993-yillarda Estoniya oliy divizionidagi FMF-90/ Nikol (Tallin) klubida oʻynagan, 19 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Estoniya chempionatining ikki karra bronza medali sohibi boʻlgan (1992, 1992/93).

Keyingi taqdir nomaʼlum.

Havolalar

tahrir