Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Estoniya SSR (estoncha: Eesti Nõukogude Sotsialistlik Vabariik; ruscha: Эстонская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Estoniyasi deb yuritiladi.
Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi | |||||
Эстонская Советская Социалистическая Республика Eesti Nõukogude Sotsialistlik Vabariik | |||||
Tan olinmagan Sovet Ittifoqi respublikasi (1940–1941, 1944–1991) | |||||
| |||||
Shior Kõigi maade proletaarlased, ühinege! (Estoncha) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | |||||
Madhiya Eesti Nõukogude Sotsialistliku Vabariigi hümn „Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | |||||
Estoniya SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| |||||
Poytaxti | Tallin | ||||
Til(lar)i | Eston Rus | ||||
Etnoxoronimi | Eston Sovet | ||||
Hukumati | Sovet sotsialistik respublika | ||||
Birinchi kotib | Karl Säre (ilk) | ||||
Vaino Väljas (soʻnggi) | |||||
Tarixi | XX asr | ||||
• | Sovet okkupatsiyasi | 16-iyun 1940-yil | |||
• | SSRga asos solingan | 21-iyul 1940-yil | |||
• | Sovet Ittifoqi anneksiya qilib olgan | 9-avgust 1940-yil | |||
• | Fashistlar okkupatsiyasi | 1941 | |||
• | Sovetlar qayta okkupatsiyasi SSRga qayta asos solingan |
1944 | |||
• | Estoniya suvereniteti deklaratsiyasi | 16-noyabr 1988-yil | |||
• | Kuylovchi inqilob | 1988 | |||
• | Estoniya Respublikasi deb qayta nomlangan | 8-may 1990-yil | |||
• | Bekor qilingan | 20-avgust 1991-yil | |||
• | Sovet Ittifoqi Davlat kengashi mustaqilligini tan olgan | 6-sentabr 1991-yil | |||
Maydoni | |||||
• | 1989 | 45227 km² | |||
Aholisi | |||||
• | 1989 (tax.) | 1 565 662 | |||
Zichlik | 34.617861012227 km² | ||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | ||||
Telefon kodi | +7 014 |
Estoniya SSR Sovet Ittifoqining tan olinmagan respublikasi boʻlgan va Sovet Ittifoqi hukumati qoʻli ostidagi hukumat tomonidan boshqarilgan.[1][2] 1940-yilning 17-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Estoniyaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Estoniya Respublikasi hududida Estoniya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat[3] oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Estoniya hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan.
Aksar davlatlar[4] Estoniyaning qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet Hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan.[5][6][7] Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Estoniyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan.[8][9] Natijada Estoniya 1940-91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.[10]
Estoniya SSR poytaxti Tallin shahri boʻlgan. Respublika 15 rayonga boʻlingan, 33 shahar, 24 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[11]
1988-yilning 16-noyabrida Estoniya SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 30-martida Estoniya SSR 1940-yildan beri ishgʻol qilinib kelinganini taʼkidladi va toʻla mustaqillikka oʻtish davri boshlanganini eʼlon qildi. 1990-yilning 8-mayida Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi Estoniya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 20-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin bir kun oʻtib – Estoniya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
TarixiTahrirlash
Estoniyada sinfiy jamiyat milodiy 2-ming yillikning boshida vujudga kelgan. 12–13-asrlarda eston elati shakllana boshlagan. 13-asrdan Estoniya xalqi nemislar soʻng danlar agressiyasini qaytarib kelgan. 13-asrning 2-choragi – 16-asrning oʻrtasida nemis salibchilari bosib olgan. Estoniya hududi Livoniyaning bir qismini tashkil qilgan. 16-asr oxirida Estoniya Shvetsiya (shimoliy qismi), Rech Pospolita (janubiy qismi) va Daniya (Saaremaa oroli) oʻrtasida boʻlib olingan. 17-asr oʻrtasida barcha hududi shvedlar qoʻl ostida boʻlgan.
1721-yilgi Nishtadt sulh shartnomasiga koʻra Estoniya Rossiya tarkibiga kirgan. Estlandiya (1816) va Liflandiya (1819) gubernyalarida krepostnoylik huquqining bekor qilinishi kapitalizmning rivojlanishini tezlashtirgan. 1858-yili Maxtrass dehqonlar qoʻzgʻoloni, 1872-yili Krengolm ishchilar stachkalari boʻlib oʻtgan. 20-asr boshida dastlabki sotsialist-demokratik tashkilotlar vujudga kelgan.
1917-yil oktabr oxirida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1918-yil 29-noyabrda Narvada ESSR (Estlandiya Mehnat kommunasi) eʼlon qilinib, 1919-yili milliy kontrrevolyutsiya va oq gvardiyachilar tazyiqi ostida agʻdarilgan. 1934-yil martida Estoniyada fashistlar toʻntarilish qilgan.
1940-yilning 17-iyunida sovet qoʻshinlari Molotov–Ribbentrop pakti asosida Estoniyaga bostirib kirgan. Natijada 1940-yilning 21-iyulida Estoniya Respublikasi hududida Estoniya SSR tuzilgan. Buning uchun Sovet Ittifoqi dastaklagan qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatilgan. 1941-yildan 1944-yilgacha Estoniya hududi fashistlar Germaniyasi tomonidan ishgʻol qilingan va Reichskommissariat Ostland tarkibiga kirgan. 1944-yili Sovet Ittifoqiga qayta qoʻshib olingan.
Aksar davlatlar Estoniyaning Sovet Ittifoqiga qoʻshib olinganini de jure tan olmagan va Sovet hukumati tomonidan de facto boshqarilishinigina tan olgan yoki umuman tan olmagan. Ushbu mamlakatlarning ayrimlari Estoniyaning eski hukumati nomidan faoliyat yuritgan diplomat va konsullarni tan olishda davom etgan. Natijada Estoniya 1940-91-yillar mobaynida de jure okkupatsiya qilingan mustaqil davlat hisoblangan.
1988-yilning 16-noyabrida Estoniya SSR Moskvadan suverenitet eʼlon qilgan Sovet Ittifoqi taʼsiri doirasidagi birinchi respublikalardan boʻldi. 1990-yilning 30-martida Estoniya SSR 1940-yildan beri ishgʻol qilinib kelinganini taʼkidladi va toʻla mustaqillikka oʻtish davri boshlanganini eʼlon qildi. 1990-yilning 8-mayida Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi Estoniya Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 20-avgustida – Moskvada davlat toʻntarishi urinishi boshlanganidan keyin bir kun oʻtib – Estoniya Respublikasi mustaqilligi qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi mamlakat mustaqilligini 1991-yil 6-sentabrda rasman tan oldi.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Hough, Jerry F. Democratization and revolution in the USSR, 1985–1991. Brookings Institution Press, 1997. ISBN 0-8157-3749-1.
- ↑ „Republic, definition 3“. Merriam-Webster Online Dictionary. Merriam-Webster Online (2009). Qaraldi: 9-iyun 2009-yil.
- ↑ Ronen, Yaël. Transition from Illegal Regimes Under International Law. Cambridge University Press, 2011 — 17 bet. ISBN 978-0-521-19777-9.
- ↑ Mälksoo, Lauri. Illegal annexation and state continuity: the case of the incorporation of the Baltic states by the USSR. M. Nijhoff Publishers,, 2003 — 76 bet. ISBN 978-90-411-2177-6. „incorporation into the Soviet Union in 1940 took place against the will of the population, and was never recognized de jure by most countries“
- ↑ Hiden, John; Vahur Made; David J. Smith. The Baltic question during the Cold War. Routledge, 2008 — 209 bet. ISBN 0-415-37100-7.
- ↑ Talmon, Stefan. Recognition of Governments in International Law. Oxford University Press, 2001 — 103 bet. ISBN 978-0-19-826573-3.
- ↑ Aust, Anthony. Handbook of International Law. Cambridge University Press,, 2005 — 26 bet. ISBN 0-521-82349-8.
- ↑ Diplomats Without a Country: Baltic Diplomacy, International Law, and the Cold War by James T. McHugh, James S. Pacy, Page 2. ISBN 0-313-31878-6
- ↑ „President of the Republic at the State Dinner hosted by President T. E. Mary McAleese and Dr. Martin McAleese“. President (14-aprel 2008-yil). — „" ... we are thankful that Ireland never recognised the illegal annexation of Estonia by the Soviet Union after the Second World War. We will never forget John McEvoy, Estonia’s honorary consul in Dublin from 1938 to 1960."“. 23-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-oktabr 2015-yil.
- ↑ David James Smith, Estonia: independence and European integration, Routledge, 2001, ISBN 0-415-26728-5, pXIX
- ↑ "Estoniya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 440. 5-89890-018-7.
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |