Konstebl Jon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KONSTEBL (Constable) Jon (1776. 11.6, Ist-Bergxolt, Suffolk — 1837. 31.3, London) — ingliz rassomi, realistik manzara janrining yirik namoyandasi. Londondagi Badiiyot akadimyasida oʻqigan (1800—05; 1829-yildan Badiiyot akadimyasi aʼzosi). K. 18-asr rangtasviriga xos boʻlgan shartlilikdan voz kechib, Yevropa manzara janrida birinchi boʻlib manzarani kuzatishga, asarni toʻliq naturadan yaratishga erishdi. Asarlarida dadil va erkin qoʻyilgan boʻyoq surtmalari vositasida nurlar jilosi, nurhavo holati muhitini hosil qiddi, tabiatning yaxlitligi va moddiyligi hissini aks ettirdi ("Fletforddagi tegirmon", 1817; "Pichanga ketayotgan arava", 1821; "Sakrayotgan ot", 1825; "Gʻallazor", 1826; "Detxem vodiysi", 1828 va boshqalar). K. ijodi Yevropa (jumladan, fransuz va boshqalar)da realistik manzara janrining shakllanishiga, plener sanʼati rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |