Konteyner
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konteyner (ing. container — joylashtirmoq) — 1) yuklarni idishsiz tashish uchun moʻljallangan qurilma. K. mexanizatsiyalashgan ortish-tushirish va yuklash uchun moslashtirilgan boʻladi. Yuk ortilgan K. ning massasi 0,625; 1,25; 2,5; 5; 10; 20 va 30 t li boʻlishi mumkin. K.larning oʻlchami va tuzilishi yuklarni mexanizatsiya vositasida tez yuklash, tushirish va yaxshi saqlanishini taʼminlashi kerak. Vazifasiga koʻra, universal va maxsus turlarga boʻlinadi; ular yogʻoch va metalldan yasaladi. Tuzilishiga qarab yopiq, ochiq, kataksimon, ajratma va taxlama turlarga ajratiladi; 2) radioaktiv moddalarni vaqtincha saqlash yoki tashish uchun moʻljallangan qurilma; 3) neft mahsulotlari qayta haydaladigan idish (rezervuar, bak, qabul qilgich) va boshqa [1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |