Kontrastlik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kontrastlik (frans. contraste — keskin ifodalangan qarama-qarshilik) (psixologiyada) — obyekt lar yoki ularning bir qismidagi tafovutlarning subyektiv ravishda oshirib idrok etilishi; qarama-qarshi sifatga ega boʻlgan avvalgi yoki bir vaqtdagi qoʻzgʻalish tufayli sezgirlikning oʻzgarishi. Mas, qora rang oqrang oldida yana ham qoraroq koʻrinadi; issiq narsani sezish ketidan sovuqqa sezgirlik kuchayadi va hokazo. K. tabiat va jamiyatning turli sohalarida bevosita aks etishi hamda tafovutli jihatlari bilan voqelik, moddiylik keskin ajralib turishi mumkin. U ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi tufayli muvaqqat nerv bogʻlanishlar mexanizmiga asoslanadi. Odatda, koʻrishda, eshitishda, tasviriy ifodalarda K. uchrab tursa, ikkinchi bir tomondan yorugʻlik, rang, hajm, koʻlam jihatidan fotografik K. fizikaviy voqelikni aks ettiradi. K. hissiy (timsollar, tasvirlar, obrazlar) va aqliy, mavhumiy (soʻz, tushuncha, qonuniyat tariqasida) tarzda namoyon boʻladi hamda jismlar, hodisalar oʻrtasidagi farqlanuvchi alomatlarni mujassamlashtiradi. Bu hol inson idrokida timsolning qarama-qarshisi paydo boʻlishiga olib keladi. Agarda inson "shirin"ni idrok qilsa, unga kontrast boʻlgan "achchiq" beixtiyor yodga toʻshadi. Odam "tinchlik" tushunchasini oʻz nutqida qoʻllasa, ixtiyorsiz tarzda "urush" atamasi gavdalanadi. Harakterning fazilatlari yuzasidan mulohaza yuritilsa, albatta, illatlari ham idrok qilinadi. K. insonning salohiyati, aql-zakovati, turmush tajribasi, umumiy saviyasi, tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatiga bogʻliq qonuniyat sifatida ijtimoiy hayotda vujudga kelaveradi hamda hukm suraveradi.
Ergash Gʻoziyev.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |