Kontrfos
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kontrfos (frans. contre — forse — qarama-qarshi kuch) — bino va boshqa inshootlarda devorni mustahkamlab, uning qiyshayib (ogʻib) ketishiga yoʻl qoʻymaydigan tirgak. Koʻndalang devor, vertikal tayanch. Asosan, bino tashqarisida boʻladi. Binolarda K. devorning gorizontal bosimini, suv toʻgʻonlarida suv bosimini oʻziga qabul qilib, inshootning mustahkamligini taʼminlaydi. Gotika meʼmorligida K. devorga gumbaz yoki ravoqdan toʻshadigan bosimni oʻziga qabul qiluvchi qoʻshimcha tayanch, tashqi tirgovuch sifatida qoʻllangan.
Hozir qad. meʼmoriy yodgorliklar mustahkamligini taʼminlashda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |