Konus sirt — qoʻzgʻalmas S nuqtadan oʻtuvchi SM toʻgʻri chiziqning biror L egri chiziq boʻylab sirpanishidan hosil boʻladigan sirt. 5nuqta Konus sirtning uchi, SM toʻgʻri chiziq yasovchisi, L egri chiziq yoʻnaltiruvchisi deyiladi. Agar Konus sirtning yoʻnaltiruvchisi aylana boʻlib, S ni aylana markazi O bilan tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq aylana tekisligiga tik boʻlsa, u doiraviy Konus sirt deb, 05 toʻgʻri chiziq esa Konus sirtning oʻqi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimida tenglama yoʻnaltiruvchisi ellips boʻlgan Konus sirtni ifodalaydi:

[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil