Kopperfild Devid (asli Dodik Kotkin) (1959.16.1, Nyu Jersi shtati, Metchen shahri) — amerika fokuschisi, afsungar, dunyoning eng mashhur koʻzbogʻlovchisi. Ota-onasi asli odessalik. K.ning yoshligidan xotirasi juda kuchli boʻlgan. 4 yoshida bobosi koʻrsatgan fokuslarni tezda oʻzlashtirib, izidan qaytargan. 7 yoshidan mustaqil, oʻzi oʻylab topgan fokuslarini odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 12 yoshidan turli shaharlar boʻylab tomoshalar koʻrsatgan. 15 yoshida AQSH "afsungarlar jamiyati"ga qabul qilingan. 16 yoshidan Nyu-York universitetida afsungarlikdan dars bergan. 1974-yildan Chikagoning "Sehrgar" myuziklida ishlagan va uzun musiqali loyihalari uchun "Kopperfild" taxallusini olgan. 1978-yil "Ey-bi-si" telekompaniyasida dunyoga mashhur koʻrsatuvlarini olib borgan.

80-yillardan butun Amerika va dunyoni aylanib, oʻz tomoshalari bilan jahonni lol qoldirmoqda. Eng mashhur tomoshalari: Buyuk Xitoy devorini "teshib oʻtish", "Grand-Kanon" ustidan uchib oʻtish, Ozodlik Haykalini "yoʻq qilish", moʻz tagida oʻtirib, keyin uni yorib chiqish, olov ichidan ham oʻzini, ham yonidagi ayolni sogʻ-omon "olib chiqish" va boshqa Nufuzli "Emi" mukofotiga 12-marta sazovor boʻlganMohina Ashirova.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil