Kord (frans. Corde — arqon, chilvir) — 1) paxta va kimyoviy tolalardan tayyorlanadigan pishitilgan mustahkam ip. Rezina sanoatida yarim fabrikat sifatida ishlatiladigan buyumlar, avtokord, kordshnur va boshqa tayyorlashga ketadi. Paxta K.i — paxta tolasini yigirib, pishitib va arqoq ipli qilib toʻqilgan material. Sunʼiy (viskoza) K. — viskoza tolasidan tayyorlanadi; paxta K.ga nisbatan yupqa va yengil material. Issiqqa chidamli, lekin namlikka uncha chidamaydi. Kimyoviy (poliamid) K. — pishikligi, yupqaligi, mayinligi va issiqqa chidamliligi bilan paxta va viskoza K.idan ustun turadi. Uni olishdagi asosiy xom ashyo — kaprolaktam smolasi; 2) maxsus oʻrilish bilan toʻqilgan jun mato; oʻngida 3–8 mm kenglikdagi boʻylama yoʻllari (boʻrtmalari) boʻladi. Undan koʻylak, kostyum yoki palto tikiladi, eng ogʻir va dagʻali esa yengil avtomobillar oʻrindigʻiga jildlar tikish uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil