Koreya milliy transport universiteti
Koreya milliy transport universiteti (KNUT) – Janubiy Koreyaning Kyongi provinsiyasi, Chungju shahri, Shimoliy Chungcheong viloyati va Uyvang shahridagi milliy universitetdir. Universitet 2012- yilda Chungju milliy universiteti va Koreya milliy temiryoʻl kollejining birlashuvidan tashkil topgan. Chungju Milliy Universiteti 1962-yilda Chungju shahrida tashkil etilgan boʻlib, u mustaqillikdan keyin tashkil etilgan davlat universitetlaridan biridir. Koreya milliy transport universiteti sohaga ixtisoslashgan yagona davlat universiteti boʻlib, oʻz taʼlim va tadqiqotlarini muhandislik va texnologiya yoʻnalishi boʻyicha transport va aloqani rivojlantirishga yoʻnaltirgan. Koreya milliy temir yoʻl kolleji bilan birlashgandan soʻng, Koreya boʻylab 3 ta kampus qurildi, bular: Chungjudagi asosiy kampus, Jeongpeungdagi biotexnologiya va hamshiralar kampusi va Uivangdagi transport va aloqa kampusi. Ularda 332 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar taʼlim beradi.
koreyscha: 한국교통대학교 | |
Shiori | Haqiqatga intilish,kelajak yaratish va jamiyatga xizmat qilish |
---|---|
Turi | davlat |
Asos solingan sanasi | 2012 |
Prezidenti | Yoon Suk-yeol |
Rektori | Dr. Yoon Seong-Joe |
Bakalavriat | 12,130 |
Magistratura | 630 |
Manzili |
Chungju,Jeungpyeong |
Veb-sayti | ut.ac.kr/english.do |
Tarixi
tahrirDastlab,1962-yilda ikki yillik Chungju [1] texnik maktabi (koreyscha: 충주공업초급대학) sifatida ochilgan. 1965-yilda u Chungju texnik kollejiga aylandi va besh yillik dastur taklif qilindi va 1971-yilda davlat nazoratiga oʻtadi. Biroq, u 1974-yilda ikki yillik kichik kollej maqomiga qaytarildi. Oʻn bir yildan soʻng, 1993-yilda u toʻrt yillik universitet Chungju milliy sanoat universitetiga aylandi. 2006-yil mart oyida u Cheongju milliy fan va texnologiya kolleji bilanbirlashtirdi (hozirgi Jeungpyeong kampusi)[2].
Kollejlar
tahrirMuhandislik kolleji
Shahar transporti muhandisligi boʻlimi
Kimyo va materiallar muhandisligi
Sanoat menejmenti va muhandisligi
Arxitektura
Dizayn
Gumanitar fanlar va ijtimoiy fanlar kolleji Chet tillari fakulteti
Musiqa va sport fakulteti
Media va kontent fakulteti
Manbalar
tahrir- ↑ only Chungju Campus
- ↑ https://www.ut.ac.kr/english/sub01_02.do