Koreys adabiyoti — asosan koreys tilida, lekin baʼzan klassik xitoy tilida ham yozilgan.

Tarixi

tahrir

Mumtoz sheʼriyat

tahrir

Klassik koreys adabiyoti Koreya yarim orolida mahalliy aholining anʼanaviy xalq eʼtiqodlari va xalq ertaklaridan kelib chiqqan bo‘lib. To‘rtta asosiy anʼanaviy sheʼriy janrlarni o‘z ichiga oladi. Bular: hyanga („mahalliy qoʻshiqlar“); pyolgok („maxsus qoʻshiq“) changa („uzun misralar“) sijo („mangu ohanglar“) va kasa („Sheʼrlar“). Koreys she"riyati dastlab qo‘shiqlar uchun yaratilgan. Sheʼriy versifikasiyaning zamirida koreys tilining uch yoki to‘rt bo‘g‘inli ritmi yotadi.

Hyanga

tahrir

Hyanga-klassik koreys sheʼriyatining idu uslubida yozilgan adabiy janridir. 25 ta hyanga asari hozirgi kungacha saqlanib qolingan — ulardan 14 tasi „Samguk Yusa“ qadimiy to‘plamida va 11 tasi „Kyunyo hayoti“ (Kyunyo chon)da. Birlashgan Silla davlati davrida paydo bo‘lgan

Koreys qoʻshiqlar

tahrir

Sijo — koreys lirik sheʼriyatining janri boʻlib, dastlab tanga (kor. 단가l,  xitoycha 短歌 yaʼni „qisqa qoʻshiq“) deb ataladi.

Kasa — koreys oʻrta asr sheʼriyatining janri. Kasa — o‘tmishning muhim voqealari, mamlakatning diqqatga sazovor joylari, koreys xalqi va qo‘shni davlatlar hayoti haqidagi yirik sheʼriy asarlar.

Zamonaviy adabiyot

tahrir

Zamonaviy koreys adabiyoti savdo-iqtisodiy taraqqiyotga asoslangan Gʻarb madaniy aloqalari taʼsirida asta-sekin shakllandi. Koreys tilidagi birinchi bosma badiiy asar Jon Benyanning "Hojining „Samoviy yurtga borishi“ (koreyscha: 천로 역정) asari bo‘lib, Jeyms Skart Geyl tomonidan tarjima qilingan (1893).

1910-yilda Koreyada Injilining birinchi to‘liq nashri chop etilishi bilan Xristian diniga keng yo‘l ochildi. Bu o‘z navbatida g‘arb adabiyoti namunalari kirib kelishiga imkon berdi.

Eslatmalar

tahrir

Adabiyot

tahrir

Havolalar

tahrir