Koreys yozuvi — fonetik harfiy-boʻgʻinli yozuv. 1444-yilda qirol Se Jon davri (1419—50)da koreys olimlari Chon Nin Ji, Sin Suk Chu, Son Sam Mum tomonidan yaratilgan. 15-asrning 1-yarmigacha esa koreys tilida Xitoy iyeroglifik yozuvidan foydalanilgan. Lekin bu davrda Xitoy tili koreyslarning adabiy tili boʻlgani uchun, yangi milliy alifbo keng tarqalmadi. 19-asr oxiriga kelib koreys tilida yana iyeroglifik yozuv qoʻllana boshladi. Bu yozuv alifbosi 24 fonemani ifodalaydi. Boshqa fonemalar esa harflarni qoʻshish yoʻli bilan hosil boʻladi. Hozirgi Koreys yozuvida 40 grafema mavjud boʻlib, shundan 24 tasi sodda va 16 tasi murakkabdir. Ammo bu grafemalarning tartibi KXDR va Koreya Respublikasida farq qiladi. Ilgari matnlar yuqoridan pastga va oʻngdan chapga qarab yozilardi. Hozirgi koʻproq chapdan oʻngga qarab yozish rasm boʻlmoqda.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil