Koreyslar qadimgi xalqlardan biri hisoblanadi. Etnogenezi olimlar bu borada fikr bildirganda, ko'proq koreyslarning irsiy xususiyatlaridagi qadimgi asoslar bilan birga ularning etnos sifatida shakllanishiga ham e'tibor qaratadilar. Dunyoning ko'plab hududlarida asrlar davomida bir xalq boshqasi bilan qo'shilib, qo'shni xalqlar yoki bosqinchilar bilan aralashishi natijasida yangi etnik komponentlarning paydo bo'lishi yoki transformatsiyalashuvi sodir bo'lgan. Bir necha qabilalar va xalqlarning boshqa xalqlar yoki etnik guruhlar bilan qorishuvi natijasida keyingi avlodlar uzoq ajdodlar bilan tashqi antropologik qiyofasi, tili va madaniyatidagi umumiylikni yo'qotgan. Bu borada koreyslarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular uzoq vaqt Koreya yarim orolida dunyodan uzilgan holda yashaganlar. Shu bois yarim orol etnik jihatdan bir xalqdan iborat bo'lib, ulaming etnogenezi qadimgi davrlarda yakunlangan. Bundan tashqari, Koreyaning milliy davlat sifatida shakllanishi ham Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga qaraganda birmuncha avval sodir bo'lgan bo'lib, bunga ham koreyslarning izolyatsiyalashgan hududda yashashi hamda etnik bir xilligi sabab bo'lgan. Umuman olganda, koreyslar etnogenezi muammosi borasida quyidagilarni ta'kidlab o'tish mumkin:

a) koreys xalqining etnogenezi jarayoni qadimgi davrda (taxmi- nan neolit davrida boshlanib, bronza va temir asrida tugallangan) yuz bergan;

b) bu jarayonda Osiyoning turli hududlarida yashagan qabilalar ishtirok etgan;

v) mazkur qabilalar turli ko'chishlar vaqtida tarqoq qabilalar sifatida yarim orolga kirib kelganlar;

g) koreyslarning etnos sifatida shakllanishiga qabilalaming o'zaro qorishuvi ta'sir qilgan;

d) turli qabilalaming koreyslar etnogenezidagi o'rnini bir xil tarzda baholab bo'lmaydi.

Koreyslarning qayerdan kelib chiqqanligini bilish uchun, avvalo ulaming antropologik qiyofasi, tili va madaniyatiga e'tibor qaratish lozim. Til tasnifi bo'yicha, koreys tili oltoy tillari oilasiga mansub boTib, bu oilaga turk, mo'g'il, tungus-manjur boTimi, shuningdek, yapon tillari kiradi. Ba'zi adabiyotlarda esa bu tilni o'rol-oltoy tillar oilasi deb ham yuritiladi. Antropologik tasnifga ko'ra, koreyslar mongoloid irqining Sharqiy Osiyo shoxobchasidagi manjur-koreys tipiga kiradi. Bu irq neolit davrida manjur-koreys tipi, paleoosiyoWk- laming Tinch okean (avstroneziyaliklar) va kontinental hududlarda yashovchi mongoloidlar bilan qorishuvi natijasida paydoboTgan. Paleoosiyoliklar Shimoliy va Shimoli Sharqiy Osiyoning qadimgi aborigen xalqlari boTib, ular Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Sibir, Kuril orollari, Saxalin va Yaponiyada yashaganlar. Ularga nivxlar, eskimoslar, yukagirlar, ketlar, aleutlar va aynlar kiradi. Shu bilan bir qatorda chukchalar, koryaklar, itelmenlar ham mazkur guruhga mansub b'lib, ular shimoli-sharqiy paleoosiyolik guruhini tashkil etadi.